Boshida hech kim ishonmagan, bugun esa milliard dollarli IT-kompaniyalarni nima bog‘lab turadi (longrid)

Shasta Ventures fondi investori Tod Frensis Medium nashrida mablag‘i milliardga yaqin 32 kompaniyaning ro‘yhatini e’lon qildi. Tahlilga qarab aytish mumkinki, mazkur kompaniyalar faoliyatini boshlaganda muvaffaqiyatga erishishi qiyin bo‘lgan. Ammo, Frensis va hamkasblari ularning boshqa umumiy jihatlarini ham topdilar.

Tod Frensis fikricha, matbuot asosan, daromadi 1 milliarddan ortiq tashkilotlar haqida yozadi, lekin ular boshidan bunday rivojlangan biznesga ega emasdilar. Fond Uber, Twitter, WhatsApp, Snapchat, Airbnb, Pinterest, Dropbox kabi 32 ta yirik kompaniyalar bilan bir qatorda qanday o‘xshashliklar (tarixi, taraqqiyot metodi, savdo aylanmasi) borligini bilish uchun yaqin orada daromadi 1 milliarddga yetadigan tashkilotlarni ham tahlil qildi.

1. Ishonchsiz g‘oyalar

Qachonki kompaniya daromadi milliardga yetsa, avval boshdan bo‘lgan g‘oyalar amalga oshgan hisoblanadi. Biroq dastlabki bosqichda doim ham bunday bo‘lavermaydi. Juda ko‘p kompaniyalar faoliyatining boshida tanqidlarga uchragan: Kim bunday qimmat avtomobilda yuradi? Buni tomosha qilishni kim ham istaydi? Video-o‘yinlarga kim qiziqadi? Yo‘qolib ketadigan suratning kimga keragi bor?

Qayd o‘rnida Airbnb asoschisi Brayan Cheskining so‘zlari keltirilgan:

Biz bu yerga kelganimizda hech kim Airbnb uchun investitsiya kiritishni istamas edi. Investorlar uchun bu g‘oya ahmoqona tuyulardi. Hamma boshqa joyda qolishdan havfsirardi.

Frensis fikricha ajoyib bo‘lgan g‘oyalar boshida befoydadek ko‘rinishi mumkin. Bunga, uning juda tor bo‘lishi, soha qonuniyatlari qattiqligi yoki fundamental gipoteza xatoligi sabab bo‘ladi. Omadga erishgan kompaniyalar asosan, boshlang‘ich konsepsiyani amalga oshirishga va u orqali katta foydaga erishishga harakat qiladilar.

2. To‘lib-toshgan savdo-sotiq

Ko‘pchilikning fikricha muvaffaqiyatli kompaniyalar bo‘sh bozorga yangi g‘oyalar bilan keladilar. Biroq, tahlil buning aksini ko‘rsatdi. Bugun 1 mlrddan ortiq mablag‘i bor firmalar tijorat uchun katta raqiblar orasiga kirib kelgan.

Misol qilib, WhatsApp va Snapchat brendlarini keltirish mumkin. Ulargacha ham kishilar o‘zaro muloqot qilishi uchun juda ko‘p vositalar bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham yuqoridagi kompaniyalar o‘z o‘rnini topa oldi. Kommunikatsiya sohasidagi ko‘plab milliarder tashkilotlar tadqiqotdan joy olgan.

Yana bir misol, Uber, Airbnb, Eventbrite, Instacart kabi bozor egalari. Ulargacha ham taksi buyurtma qilishning, uy-joy topishning, tadbirlar tashkillashtirishning, xarid amalga oshirishning usullari bo‘lgan. Ammo, aynan bu brendlar yaxshi mahsulot taklif qilib, o‘rmon yong‘inidek tezlikda o‘sdi.

Kalit sifatida aytish mumkinki, deydi Frensis, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatganlargina ommalashadi. Bundan tashqari, bozor hamisha yosh, harakatchan kompaniyalarga zarurat sezadi.

3. Foydalanuvchini qayta kashf qilish

Tadqiqotlarga ko‘ra, yirik kompaniyalar o‘z sohalari bo‘yicha radikal yangilik qilmasdan mijoz talabini qayta kashf etgan.

Nextdoor, Square, Zulily kompaniyalari foydalanuvchilarning qo‘shnilar bilan muloqot, kredit kartalar yordamida to‘lov, internet orqali xarid qilish kabi avval qilgan ishlarini qaytadan yangicha bajarishlariga imkon yaratdi. Ularning muvaffaqiyati mijozlarini tushuna bilganliklarida deyish mumkin.

Dropbox boshqa bulutli saqlash usullaridan ko‘ra ishlatishga qulay va flesh xotira, qattiq diskka saqlashdan ko‘ra ishonchli edi. Nest yaxshi dizayn va energiya tejovchi, internetga ulangan termostat yaratdi. Uber esa yo‘lovchilar tashish modelini yanada qulay qildi.

4. Tajribasiz asoschilar

Frensisning so‘zlariga qaraganda, ro‘yhatdagi kompaniyalarning ko‘pini tajribasiz kishilar boshqargan. Ya’ni har 4 kompaniyadan 3 tasini bu lavozimda ilk marta ishlayotgan rahbarlar faoliyat yuritgan. Ularda avvalgi tajriba bo‘lmagan, lekin kompaniya rivoji uchun butun borliqlari bilan harakat qilgan va audioriya talabini bilganlar.

Yangicha qarash juda muhim, chunki malakali mutaxassislar nima qilish mumkin, nima mumkinmasligi borasida faqat o‘z tajribalariga asoslanadilar.

5. Sarmoyaning yo‘qligi

Twitter, Pinterest, Houzz, Nextdoor kabi brendlarning dastavval hech qanday mablag‘lari bo‘lmagan. A raundda ular foydani emas, mijoz yig‘ishni o‘ylaganlar. Bozorda o‘z o‘rnini topganlaridan so‘ngra, qo‘shimcha pul topish yo‘llarini qidira boshlaganlar.

Mutaxassis shuni alohida ta’kidlaydiki, hozir milliard ostonasida turgan kompaniyalarning bunday sharoitini avval boshdan taxmin qilib bo‘lmasdi. Yaxshi natijalarni qayd etadi deb o‘ylaganlari to‘satdan kasodga uchrashi, uncha ko‘p narsa kutmaganlari esa kelgusida yirik brendlarga aylanishi mumkin.

Shunday ekan muvaffaqiyatning aniq bir formulasi yo‘q. Ko‘pincha kutilgan natijalar o‘zini oqlamaydi. Har bir omadga erishishning o‘z tarixi, o‘ziga xos. Ammo, bu degani biznesda diqqat qaratish kerak bo‘ladigan misollar yo‘q degani ham emas.

Tadqiqot xulosasi shunday bo‘ldiki, muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar soha bozorining raqiblarga to‘lganiga qaramay, mijozlar bilan ishlashning innovatsion usulini qo‘llaganlar.

Manba: Likeit.Uz

(Visited 5 times, 1 visits today)

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *