Google asoschisi Larri Peyjning boshqaruv qoidalari

Business Insider nashri Google asoschilaridan biri — Larri Peyj haqida hikoyalar jamlanmasinie’lon qildi. Undan, dunyoning eng yirik korporatsiyalaridan biriga asos solgan va uni yaxshi boshqarayotgan Larri Peyjning sirlari e’tiborimizni tortdi.

Quyida uning boshqaruv qoidalari bilan tanishing:

  • Faqat vazifalarni taqsimlash bilan shug‘ullanma. Ishlarni tezroq yakunlashni istasang, qo‘lingdan kelgancha o‘zing bajar.
  • Hissa qo‘sha olmaysanmi – unda xalaqit berma. Ishni bilganlar gapirsin.
  • Byurokrat bo‘lma.
  • G‘oyalar inson yoshidan muhimroq. Kimningdir yoshi kichik bo‘lsa, bu uni hurmat qilmaslik va u bilan hamkorlik o‘rnatmaslikka sabab bo‘lolmaydi.
  • Yo‘q, tamom deya birovning tashabbusini inkor qilish – men yomon ko‘rgan eng xunuk ish. Agar kimningdir fikrini inkor qilsang, albatta, uning ortidan undan-da yaxshiroq variantni keltir.

Tarjimon: Mavlon Marasulov

Manba: Likeit.Uz

(Visited 10 times, 1 visits today)

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *