Miyaning plastikligi nima uchun kerak va uni qanday oshirish mumkin?

“Bizning miyamiz hamisha vazifalarni yechishga harakat qiladi. U doim kichik tasvirlardan butun bir tasvirni jamlaydi. Bu jarayonda miyada neyroplastik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi”, – deydi miya uchun BrainHQ mashqlari muallifi, nevrolog Genri Manke.

Natijada bizda yangi neyroyo‘llar paydo bo‘ladi – ya’ni miyaning tuzilishi o‘zgaradi. Bu yo‘llar tashqi stimullarni qayta ishlaydi, shu bois miyani elastikligini oshiruvchi mashqlar har qanday boshqa mashlardan foydaliroqdir. Mankening fikricha, neyroplastiklikni rivojlantirish uchun uni doimo chiniqtirib, yangi vazifalar berib borish lozim.

  1. Yangi murakkab bilimlar ustida ishlashga harakat qiling

Mankening so‘zlariga ko‘ra, bitta harakatni qayta bajaraverish, agar u miyani rag‘batlantirib borsa ham, neyroplastiklikni o‘stirish uchun yetarli emas. Masalan, siz 10 yillardan buyon krossvordlar yechib kelsangiz ham buning miyaga foydasi kam. Boshqacharoq narsani qo‘llab ko‘ring, misol uchun, biror musiqa asbobini chalishni o‘rganing va unga haftasiga 2-3 soat ajrating.

  1. Uyga boshqa yo‘l orqali qayting, butun atrofni kuzating

Mimiyani rivojlantirishni yana bir yo‘li – sayohat qilish. Safarda hamma narsa, non sotib olishdan mehmonxonaga boradigan yo‘lni topishgacha barchasi noodatiy ko‘rinadi. Sayohatga chiqishga imkoningiz bo‘lmasa, shunchaki ishdan keyin uyga boshqa yo‘l orqali qayting. O‘zingiz doim xarid qiladigan do‘konga kirmasdan boshqasini izlang, sevimli bog‘ingizga boshqa yo‘l bilan boring, turli ovozlar va hidlarga e’tiboringizni qarating, hayolingizdagi shahar xaritansini kengaytiring.

Bir necha kun o‘tgach yangi yo‘l ham yod bo‘lib ketgach, yo‘nalishingizni yana o‘zgartiring. Bu vaziyat miyadagi gippokamp(o‘rganish va xotiraga javob beruvchi qism)ni harakatlantiradi.

  1. Ko‘proq harakat qiling va yaxshi ovqatlaning

Organizmda yuqori bosim yoki boshqa kasalliklar bo‘lganda uning o‘tkir fikrlashni nazorat qilishi qiyinlashadi. Shu sabab to‘g‘ri ovqatlanishga va faol hayot tarziga amal qilishga intiling. Bunda sayr qilib turish yoki yugurishning ahamiyati katta. Tana mashlari bilan birga miyangiz ham chiniqishini istasangiz, bir necha kundan so‘ng jismoniy mashqlar qiladigan yo‘lingizni o‘zgartiring.

Manba: Likeit.Uz

(Visited 7 times, 1 visits today)

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *