1930-yil: O'zbekison poytaxtini Toshkentga ko'chirish to'g'risidagi hujjat bilan tanishing!!!

O‘zbek davlatchiligi solnomasida O‘zbekiston nomli davlatning tarixi 1925-yil 17-fevraldan boshlanadi. Shu kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Butuno‘zbek Sovetlarining birinchi ta’sis qurultoyida “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qilingan. Mamlakatning ilk poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan.

“O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan 2012-yilda chop etilgan “O‘zbekiston tarixining muhim sanalari” kitobida qayd etilishicha, 1925-yil aprel oyida poytaxt Buxorodan Samarqand shahriga ko‘chirilgan. Oradan besh yil o‘tib, 1930-yilda poytaxt yana o‘zgargan — Toshkent 1991-yil 31-avgustga qadar O‘zSSRning, undan keyingi davrda esa O‘zbekiston Respublikasining bosh shahri bo‘lib kelmoqda.

Telegram’dagi “Old Tashkent” kanalida O‘zbekiston poytaxtini Samarqanddan Toshkentga ko‘chirish to‘g‘risidagi tarixiy qaror surati e’lon qilindi.

Hujjatda yozilishicha, mazkur qaror “O‘zbekiston Ijtimoiy Sho‘ro Jumhuriyati Sho‘rolar Markaziy ijroiya qo‘mitasi” (o‘sha vaqtdagi oliy hokimiyat organlaridan biri) tomonidan Toshkentning mamlakatdagi eng yirik iqtisodiy va sanoat markazi sifatidagi ahamiyatini, O‘zbekistonning “bosh paxta rayoni — Farg‘ona vodiysi” bilan aloqa qilish va unga rahbarlik qilish Toshkentdan qulayroq bo‘lishini, Toshkentda bo‘lgan O‘rta Osiyo idoralari bilan O‘zbekiston hukumat idoralari bir shaharda turib “yaqin ittifoqda bo‘lishini nazarda tutib” qabul qilingan.

87 yil avval imzolangan qarorning yana bir e’tiborga molik jihati — u mamlakat Konstitutsiyasiga-da o‘zgartirish kirita oladigan o‘sha vaqtdagi oliy hokimiyat organlaridan biri tomonidan o‘zbek tilida va O‘zbekistonda 1929—1940-yillarda amalda bo‘lgan lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvi (yanalif)da yozilgan. Hujjatga, jumladan, O‘zSSR Sho‘ro Markaziy Ijroqo‘mi raisi, o‘sha vaqtda 45 yoshda bo‘lgan Yo‘ldosh Oxunboboyev imzo chekkan.

Manba: Daryo.Uz

Foto: Telegram / @OldTashkent_1

(Visited 7 times, 1 visits today)

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *