MILLIARDERLAR QANDAY MASHINALARNI TANLSHADI?

Milliarderlar oqilona moliyaviy qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilib, boylik to’plashadi. Biroq muayyan mablag’ yig’ilgandan keyin u qadar kerak bo’lmagan narsalarga pul sarflay boshlashadi — masalan, hashamatli avtomobillarga. Microsoft hammuassisi va dunyoning eng badavlat kishisi Bill Geyts yaqinda Porsche 911 superkarini xarid qildi. Virgin asoschisi Richard Brenson suvda harakatlanuvchi Gibbs Aquada’ga ega. Shunday bo’lsa-da, iqtisod qilish odatidan voz kechmagan milliarderlar ham bor. CNBC dunyoning eng badavlat kishilari ro’yxatidagi besh milliarderga tegishli kamtarona avtomobillar haqidagi ma`lumoti bilan bo’lishdi.

Uorren Baffett

Berkshire Hathaway bosh direktori o’zining tejamkorligi bilan mashhur. U nonushtaga hech qachon 3,17 dollardan ortiq pul sarflamaydi, hali-hanuz 1958 yilda sotib olgan uyida yashaydi.

2014 yilda u Cadillac XTS avtomobilini xarid qildi. Bu avtomobilning chakana narxi — 45 ming dollar atrofida va u Baffetning avvalgi avtomobili 2006 Cadillac DTS’dan bir toifaga yuqori.

Biznes-magnat Forbes’ga bergan intervyusida yangi avtomobil tanlashda shoshilmasligiga quyidagicha izoh beradi: «Men yiliga 5500 kilometrdan biroz ko’proq masofa bosaman, shuning uchun mashinamni hadeb o’zgartiraverishni ma`qul ko’rmayman».

Mark Tsukerberg

Facebook asoschisini ko’pincha 30 ming dollarli qora Acura TSX boshqaruvida ko’rishadi. U o’z tanlovini bu avtomobilning «xavfsizligi, qulayligi va hashamatli emasligi» bilan izohlaydi.

Ma`lum bo’lishicha, Tsukerbergning xuddi shu narx darajasidagi Volkswagen GTI avtomobili ham bor.

Elis Uolton

Wal-Mart merosxo’ri Elis Uo l ton — dunyoning ikkinchi o’rindagi eng badavlat ayoli. U 40 ming dollarga baholanuvchi 2006 Ford F-150 King Ranch avtomobilini tanladi.

Uning marhum otasi, Wal-Mart asoschisi Sem Uo l ton ham umrining oxirigacha xuddi shu rusumdagi 1979 yilgi yuk mashinasini boshqargan.

Ingvar Kamprad

IKEA asoschisi Ing var Kam prad keraksiz narsalarga pul sarflashni yoqtirmaydi: u hatto sochini kaltalatishda ham tejashga harakat qiladi va bu maqsadda faqat rivojlanayotgan mamlakatlardagi sartaroshxonalarga kiradi.

U yigirma yil davomida 1993 Volvo 240 GL avtomobilini boshqargan va yaqinda, mashina haydash uning sog’ilig’iga xavf solishiga ishontirishganidan keyingina bu avtomobildan qutulishga qaror qildi (Kampard 91 yoshda). Avtomobil dastlab 22 ming dollar atrofida baholangan, bugun esa uning narxi — atigi 2 ming dollar atrofida.

Stiv Balmer

Microsoft kompaniyasining sobiq bosh direktori butun umri davomida Ford avtomobillarini boshqargan, chunki uning otasi Ford Motor kompaniyasining menejyeri bo’lgan.

2009 yilda o’sha paytda Ford bosh direktori bo’lgan Alan Ma lal li millioninchi avtomobil sharafiga Balmerga Ford Fusion Hybrid kalitini shaxsan topshirgan. Mashina ichki aloqa va SYNC ko’ngilochar tizimi bilan jihozlangan bo’lgan. Avtomobilning dastlabki chakana narxi taxminan 28 ming dollar atrofida bo’lgan.
MaNBA: kUN.uZ

(Visited 8 times, 1 visits today)

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *