TOP-10: Oliy ma'lumot talab qilmaydigan ammo yirik maosh oladigan kasblar

Oliy ma`lumotga ega bo’lish imkonidan mahrum bo’lsangiz, kayfiyatni tushirmang — dunyoda o’rta-maxsus ta`lim hujjatiga ega bo’lib ham, yuqori maosh olish mumkin bo’lgan ko’plab kasblar topiladi. The Time nashri AQShdagi oliy ma`lumot talab qilmaydigan, eng serdaromad 10 kasb haqidagi ma`lumoti bilan bo’lishdi.
Tijoriy uchuvchi
Nomuntazam yo’nalishlarda samolyotni boshqaradi va yiliga 77 200 dollar ishlab topadi.
Jinoiy detektiv
Federal yoki mahalliy qonunlarni buzish bilan bog’liq tergov ishlarini olib boradi va yiliga 78 120 dollar ishlab topadi.
Liftlarga xizmat ko’rsatuvchi elektromexanik
Yo’lovchi va yuk liftlari hamda eskalatorlarni yig’adi, o’rnatadi va ta`mirlaydi. Yiliga 78 890 dollar ishlab topadi.
Yadroviy texnik
Fiziklar, muhandislar va boshqa mutaxassislarga yadroviy sanoat sohasida yordam beradi va yiliga 79 140 dollar ishlab topadi.
Radiatsiya terapevti
Uskunani tekshiradi, bemorlar reaksiyasini nazorat qiladi, hujjatlar bilan shug’ullanadi va yiliga 80 160 dollar ishlab topadi.
Energetik-dispetcher
Bug’ va elektr energiyasini muvofiqlashtiradi, tartibga soladi va taqsimlaydi, yiliga 81 900 dollar ishlab topadi.
Politsiya boshlig’i
Politsiya xodimlarini boshqaradi va yiliga 84 840 dollar ishlab topadi.
Logist-menedjyer
Yuklarni tashish, saqlash va taqsimlashni muvofiqlashtiradi hamda yiliga 89 190 dollar ishlab topadi.
Yadroviy reaktor operatori
Uskunani ishga tushiradi va to’xtatadi, boshqaruv elementlarini sozlaydi, YTHlarning oldini oladi hamda yiliga 91 170 dollar ishlab topadi
Havo harakati nazoratchisi
Havo kemalarining yo’nalishini nazorat qiladi va yiliga 122 410 dollar ishlab topadi.

(Visited 10 times, 1 visits today)

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *