O'zga sayyoraliklar topildi yohud bu signallar nimani anglatadi?

Breakthrough Listen loyihasi doirasida ishlayotgan bir guruh olimlar Yerdan uch milliard yorug‘lik yili uzoqlikda bo‘lgan kichik galaktikadan kelayotgan 15 ta sirli radiosignalni qayd etdi.

Ularning davomiyligi bir necha millisekunddan oshmadi. Signallarning kelib chiqish sababi hozircha noma’lum.

Olimlarning ta’kidlashlaricha, signallar neytron yulduzlari impulslari yoki o‘zga sivilizatsiyalar koinot qurilmalari dvigateli shovqini bo‘lishi mumkin. Biroq ular o‘z galaktikasini Yerda hayot endi paydo bo‘layotganida tark etgani aniq.

Yerdan tashqaridagi hayot alomatlarini qidirish bilan shug‘ullanadigan 100 million AQSH dollari qiymatidagi Breakthrough Listen loyihasi doirasidagi kuzatuvlar o‘tgan yilning yanvarida boshlandi. Britaniyalik taniqli fizik olim Stiven Xoking qo‘llab-quvvatlagan loyihaga rossiyalik sarmoyachi Yuriy Milner homiylik qilmoqda.
Manba: uznature.Uz

(Visited 15 times, 1 visits today)

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *